1. Rozi emasman. Men bu qonunga qarshiman. Diniy ta’lim hech qachon yomonlik olib kelmaydi.
  2. Qarshiman. Oldin qonuniy yo’lini qilib qo’yish kerak bolalar diniy ta’limi borasida. Bu qonun loyihasi bolalarning huquqini himoya qilmaydi, balki cheklaydi.
  3. Qarshiman. Ota-ona o’z farzandiga qanday ta’lim va tarbiya berishni o’zi belgilashi kerak. Davlat faqat unga xavf tug’diradigan omillarni bartaraf etish bilan shug’ullanishi kerak. Bu qonun loyihasi esa xalqning tanlovi va xohishini cheklaydi. Bolalarimiz uchun qonuniy diniy ta’lim taminlansin!
  4. E’tiroz bildiraman. Hamma sohada kamchilik bo’ladi. Shu qatori diniy ta’limda ham. Hozirgi xalq ta’limi saviyasini ko’rib turibmiz. Yozishni yaxshi bilmaydigan direktorlar ham bor. O’qituvchilar saviyasini qo’yaverasiz. Undan ko’ra xalq ta’limini isloh qilish va korrupsiyani oldini olish haqida ko’proq bosh qotiringlar.
  5. Hech ham rozi emasman. Din hech qachon yomonlikka chorlamaydi.
  6. Bu qonun boshqa xalqaro normativlarga qarshi. Men ham qarshiman.
  7. Oqibatlar bilan kurashmasdan, sabablar bilan kurashish kerak. Men qarshiman.
  8. Xalqining 95% musulmon bo’lgan davlatda bunday qonun muhokamaga qo’yilishini o’zi sharmandalik. Men rozi emasman.
  9. O’zbek xalqi Islom dini bilan chambarchas bog’liq. Bu tanu jon kabi bir narsa. Uni ajratish mumkin emas. SSSR davri bu bizga yaqqol misol. Demak, bu yo’l, bu uslub noto’g’ri. Qonunlar xalq irodasidan kelib chiqishi kerak. Men aslo rozi emasman.
  10. Islom dini axloq, ma’rifat va vatanga fidoiylik dini. Hamma ma’naviyat va ma’rifat dindan kelib chiqadi. O’zbek xalqiga dinsiz biror mafkura ham va g’oya ham bo’lishi mumkin emas. Undan ko’ra bolalarimiz uchun diniy ta’limni sifatli yo’lga qo’yish haqida ko’proq bosh qotirish zarur. Men qarshiman!